O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga talabalarini ishga qabul qilish yuzasidan tanlov tashkil etildi
Barchamizga ma’lumki, so‘ngi yillarda, institutda tahsil olayotgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalarga mahalliy va xalqaro kompaniyalarning qiziqishlari ortib bormoqda. Xususan kompaniya vakillari institutga tashrif buyurib, institut talabalari bilan suhbatlar, taqdimotlar va tanlovlar o‘tkazish orqali o‘zlariga kerakli kadrlarni ishga tanlab olishmoqda.
Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti mas’ul xodimlari tomonidan institut talabalarini ishga jalb etish maqsadida tanlov o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra institut talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti xodimlari tomonidan Toshkent moliya institutining so‘ngi yillarda erishgan natijalari alohida e’tirof etildi.